Gvardiola: "Qaysidir terma jamoani mundialga olib chiqishni istayman"

Eldor Akmurzayev
28 noya 2021, 07:35
"Man Siti" ustozi Pep Gvardiola kelajagi haqida gapirdi.

"Bu yerdagi faoliyatimni tugatganimdan keyin, avval aytganimdek, terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqish zavqini olishni xohlardim. Biroq, termada ish topish oson emas, bir qancha variantlar bor. Buni niyat qilaman, ammo bu ro'y bermasa, klublarga murabbiylik qilishda davom etaman, bu muammo emas. 

Angliyada esa doimo faqat "Man Siti"da ishlashga tayyorman. Agar Angliyaga qaytsam, faqat "Man Siti"ni tanlayman albatta, agar rahbariyat men bilan hamkorlik qilishni xohlasa. Bu mamlakatdagi boshqa jamoani boshqarmayman. 

Imkon qadar ko'proq bu jamoada ishlashni istayman, keyin nima bo'lishini esa ko'ramiz. Oldinroq bu klubni boshqaraman deb o'ylamagandim, keyin esa 6 yil ishlashimni ham tasavvur qilmagandim. Hayot o'z shartlarini belgilaydi, shu tufayli kuzatishda davom etamiz", deydi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mancity.com