Gvardiola: "Morataning goli xato tufayli bekor qilingan bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2016, 11:10
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi (4:2) haqida fikr bildirdi.

"Bavariya" tuyg'ular evaziga g'alaba qozondi. Uchrashuvda qiynaldik, ammo baxtimizga juda kuchli jamoadan o'tdik. "Yuventus" menda yaxshi taassurot qoldirdi. 0:2 hisobida Italiya jamoasiga mag'lub bo'la turib, kambek uyushtirish juda qiyin. Ammo hozir bahsdagi omadsiz startdan afsusdaman. Bu biz uchun dars bo'ladi deb o'ylayman.

Marottaning bekor qilingan gol haqida so'zlari? "Yuventus" - buyuk klub va ular hakamlikka etiroz bildirmasliklari kerak. Mag'lub bo'lsang, shunchaki g'olibni qo'lini siqib qo'y. Bu futbol. Morataning goli xato tufayli bekor qilingan bo'lishi mumkin, ammo shunaqasi ham bo'lib turadi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium