Gvardiola "Manchester Siti" futbolchisining "Real"ga o'tishiga to'sqinlik qilgan

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025, 19:48
Madrid klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga jiddiy qiziqish bildirgan, biroq transfer bir sababga ko'ra – "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning qatiy poziciyasi tufayli amalga oshmay qolgan.

"El Nacional" xabariga ko'ra, ispaniyalik murabbiy klub rahbariyatiga Rodri o'z tizimidagi asosiy figura ekanligini va uni har qanday qanday sharoitda ham sotish mumkin emasligini tushuntirgan.

"U bizning jamoamiz uchun almashtirib bo'lmas futbolchi", – dedi Gvardiola.

Ispaniyalik yarim himoyachi yaqinda og'ir jarohatidan forig' bo'lgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va Transfermarkt'dagi narxi 110 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN