

"El Nacional" xabariga ko'ra, ispaniyalik murabbiy klub rahbariyatiga Rodri o'z tizimidagi asosiy figura ekanligini va uni har qanday qanday sharoitda ham sotish mumkin emasligini tushuntirgan.

"U bizning jamoamiz uchun almashtirib bo'lmas futbolchi", – dedi Gvardiola.
Ispaniyalik yarim himoyachi yaqinda og'ir jarohatidan forig' bo'lgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va Transfermarkt'dagi narxi 110 million evroga baholangan.



