Gvardiola: "Chempionlar Ligasini yutishga harakat qilamiz"

Sherzod Nurmatov
22 dek 2022, 10:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishga undagan sababni aytdi.

"Chempionlar Ligasi? Tan olaman, bu bizga kerak bo'lgan kubok va agar uni yutmasak, bu yerdagi davrim to'liq o'zini oqladi deb hisoblanmaydi. Biroq shartnomamni uzaytirishimning yagona sababi bu emas. Agar oxirgi 11 oy davomida Chempionlar Ligasida o'ynamaganimizda ham, klubni tark etmasdim. Lekin bu kubok bizga kerak va uni qo'lga kiritishga harakat qilamiz", – dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Gvardiola boshchiligida to'rt marta APL g'olibiga aylangan. Biroq uning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi yutug'i 2021 yilgi final bo'lib, unda "Chelsi"ga imkoniyat boy berilgan (0:1).

Gvardiola bu sovrinni ikki marta – 2009 va 2011 yillarda "Barselona" bilan qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Daily