
"Men baxtliman. Biz bu mavsumda mehmonda eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoani mag'lub etdik. "Bavariya" 4ta gol urdi, bu oson bo'lgani yo'q. Uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo keyinroq boshqaruvni yo'qotib qo'ydik. Robben hisobni 3:1 ko'rinishiga olib kelganida, biz yana ustunlikni qaytarib oldik. Bugun Manuel Noyerning ikki seyvi tufayli g'alaba qozondik" - deydi Gvardiola.