Gvardiola: "APLni yutish LaLiga va Bundesligani yutishdan qiyinroq"

Tolibjon Qosimov
8 may 2018, 18:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlaridagi raqobatni solishtirdi.

"APLni yutish LaLiga va Bundesligani yutishdan qiyinroq. Bu murakkabligi sabab o'zgacha. Biz muvaffaqiyatimiz uchun mamnunmiz.

Mavsum boshida hammasi nima bilan tugashini bilmaysan. Shunchaki, jamoani yaxshi tayyorlash kerak, chempionlik esa - shuning samarasi.

Oldingi mavsumlarda APLni yutgan jamoalar keyingi mavsumda hatto Chempionlar ligasiga ilina olmayotganini ko'ryapmiz. Sovrinni ketma-ket ikki marta yutish qiyin, lekin biz chaqiruvni qabul qilamiz", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com