Gvardiola APLda 150-g'alabasiga erishdi. U Mourinyodan yaxshiroq natija qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2021, 09:39
"Manchester Siti" APLning 14-turida "Aston Villa"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu Pep Gvardiola uchun APLdagi 150-g'alaba bo'ldi. Buning uchun unga 203 ta o'yin kerak bo'ldi. Bu orqali Gvardiola APLda hammadan tez ushbu natijani qayd etgan murabbiyga aylandi. 

Bu ko'rsatkich bilan u Joze Mourinyodan ham o'tib ketdi. Mourinyoning 150 ta g'alabaga erishishi uchun 230 ta o'yin kerak bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru