

"PSJga qarshi o'yinda biz autsaydermiz. Umuman, bu gap butun mavsumga tegishli. Bugunga kelib futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonch qaytdi. Lekin, biz bu o'yinda favorit emasmiz. Jamoamizda kuchli futbolchilar bo'lsada.
Diego Kosta? Uning oyog'ida ozgina muammolar bor edi. Shuning uchun, "Stok"ka qarshi o'yinda uni maydonga tushirib tavakkal qilganim yo'q. Terri esa chorshanbagacha tayyor bo'ladi", - deydi murabbiy.



