

Millatlar ligasi turnirining ilk turida francuzlar safarda Shvetsiya termasi bilan kuch sinashishdi. Mazkur bellashuvning so'nggi daqiqiqalarida mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima to'pi belgilandi. “Nuqta”ga yaqinlashgan “Barselona” forvardi hisobdagi farqni oshirishning uddasidan chiqa olmadi.
Shvetsiya-Fransiya uchrashuvi Solne shahridagi “Frends Arena” stadionida bo'lib o'tib, unda mehmonlar 1:0 hisobida g'olib chiqishdi. Bellashuvdagi yagona golni 41-daqiqada Kilian Mbappe raqi darvozasiga yo'lladi.



