Gollandiya kubogi. PSV sensacion tarzda musobaqani tark etdi

31 okt 2018, 01:55
Gollandiya kubogi 1/16 final bosqichida PSV futbolchilari kutilmagandi ikkinchi divizioni vakili “Valveyk” klubidan mag'lub bo'lishdi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishlariga qaramay, “Valveyk” futbolchilari ikki bor muvozanatni tiklashning uddasidan chiqishdi.

Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmagach, 15 daqiqadan iborat qo'shimcha taymlarda Darren Matsen mehmonlarga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi-2:3.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia