

"Mavsum boshidan "Liverpul"ni chempionlik uchun da'vogar deb hisoblamaganman, biroq ular yaxshi xaridlar amalga oshirishdi va Koutinoni saqlab qolishdi.
Biroq APLda g'olib bo'lish uchun saviyali darvozabon kerak va hammaga qiziq, "Liverpul"da shunaqasi bormi? Bu mening yagona savolim edi, ammo ularning transfer oynasidagi ishidan so'ng fikrimni biroz o'zgartirdim. Ular sovrin uchun kurashishadi" - deydi Giggz.



