Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasiga taklif etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
5 okt 2018, 18:57
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov yaqinlashib kelayotgan o'yinlar uchun jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

Demak, Gollandiya va Fransiyaga qarshi o'yinga taklif etilgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Manuel Noyer ("Bavariya"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("Ayntraxt");

Himoyachilar: Jerom Boateng, Mats Xummels, Niklas Zyule (vse - "Bavariya"), Antonio Ryudiger ("Chelsi"), Tilo Kerer (PSJ), Mattias Ginter ("Borussiya" M), Yonas Xektor ("Keln"), Niko Shulc ("Xoffenxaym");

Yarim himoyachilar: Yulian Brandt ("Bayer"), Yulian Draksler (PSJ), Leon Gorecka ("Bavariya"), Kay Xaverc ("Bayer"), Djoshua Kimmix ("Bavariya"), Toni Kroos ("Real"), Sebastyan Rudi ("Shalke");

Hujumchilar: Marko Roys ("Borussiya" D), Tomas Myuller ("Bavariya"), Leroy Sane ("Manchester Siti"), Timo Verner ("RB Leyptsig"), Mark Ut ("Shalke").

Germaniya termasi 13 oktyabr kuni Gollandiya, 16 oktyabrda esa Fransiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild