G'azablangan "Lans" muxlislari o'yin vaqtida futbolchilarga hujum qilishga urinishdi (video)

Aslanov Jasurbek
20 avg 2017, 14:36
"Lans" hamda "Brest" o'rtasidagi Fransiyaning ikkinchi divizion 4-tur uchrashuvi bir necha daqiqaga to'xtatildi.

Bahs Lansdagi "Feliks Bolar" stadionida bo'lib o'tdi va 4:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. Mezbonlar turnirda ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilishdi.

Ikkinchi bo'limda, 3:1 hisobida "Brest" oldinda borayotganida "Lans"ning g'azablangan muxlislari maydonga tushib, futbolchilarga hujum qilishga urinib ko'rishdi va shu sabab tufayli o'yin to'xtatildi.


Bir qancha vaqt o'tganidan so'ng o'yin yana davom etdi, ammo mezbonlar mag'lubiyatdan qutila olishmadi.

TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com