Garsiya "Barselona"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
28 apr 2021, 00:45
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya yaqin vaqtlar ichida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Qayd etilishicha, futbolchi "Barselona"ga o'tishga rozilik bergan. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin u Kataloniya klubi bilan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'yadi.

Ushbu mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 10ta o'yinda qatnashdi. "Transfermarkt" portali uni 20 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal