Garet Beyl professional golf turnirining birinchi kunidan so'ng 18-o'rinda turibdi

Administrator
4 fev 2023, 01:21
Sobiq futbolchi yangi sport turida ham o'zini yomon ko'rsatmayapti.

"Real Madrid" klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl professional golf turnirida debyut qildi. Sobiq futbolchi AQSHda o'tkazilayotgan AT&T Pebble Beach Pro-Am turnirida qatnashmoqda.

Beyl ushbu masobaqada amerikalik professional golfchi Jozef Bramlett bilan birga juftlikda harakat qilmoqda. Musobaqaning birinchi kunidan so'ng Beyl va uning sherigi 18-o'rinni egallab turishibdi. 

Uelslik sportchi golf to'pini so'nggi nuqtaga tushirishga umumiy hisobda 65 ta zarba sarfladi. 

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqada professional sportchilardan tashqari 156 nafar havaskor qatnashmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Reuters