

“U ajoyib davrni o'tkazdi va ko'plab titullarni qo'lga kiritdi. U Uels terma jamoasi sharafini 100 dan ortiq bahsda himoya qildi. Endi Beyl golfda fantastik o'yinchiga aylanadi. Oldin u juda band edi, balki, endi orzusini amalga oshirar. Uni yana taklif (golf o'ynashga) qilaman. U bilan shartnoma imzolash haqida o'ylaganmanmi? U doimo juda qadrli bo'lgan”, degan Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Beyl 33 yoshida butsasini mixga ildi. Vinger faoliyati davomida “Sautgempton”, “Tottenxem”, “Real”, “Los-Anjeles” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.



