Beyl golfda professional faoliyatini boshladi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 13:22
Uels milliy terma jamoasining sobiq sardori Garet Beyl golf bilan professional ravishda shug'ullana boshlaganini e'lon qildi.

33 yoshli uelslik ijtimoiy tarmoqlarda Kaliforniyada bo'lib o'tadigan "PGA Tour" musobaqasida ishtirok etishini aytdi.

9 yanvar kuni Beyl futboldagi faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi. Beylning so'nggi klubi "Los-Anjeles" edi, shuningdek, u "Sautgempton", "Tottenxem" va "Real" jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror