Gamshik: "Napoli" gollar urish uchun yaratilgan"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2016, 14:47
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik "Palermo" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"So'zsiz, bu biz uchun juda muhim g'alaba. Uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik, ammo keyin o'yinni qo'lga oldik va imkoniyatlar yarata boshladik. G'alabamiz bahsning adolatli bo'lganini isbotlaydi.

"Napoli" gollar urish uchun yaratilgan va Iguain yoki boshqa kimdir nima qilishi ahamiyatga ega emas. "Palermo" bilan bahsda gol o'tkazmaslik muhim edi va biz bunga erishdik" - deydi Gamshik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia