Futzal. Toshkentda O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
11 noya 2020, 17:46
Kecha futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2021 yilda bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Futzal va sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionatlari qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi

Kuni kecha ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazib Marokashdan qaytib kelgan O'zbekiston terma jamoasi endi Markaziy Osiyo jamoalari bilan o'ynaydi.

17-19 noyabr kunlari mamlakatimizda O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston futzal terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishadi. O'yinlar tartibi quyidagicha ko'rinish olgan:

17.11.2020

O'zbekiston - Qirg'iziston

18.11.2020

Qirg'iziston - Tojikiston

19.11.2020

O'zbekiston - Tojikiston

O'yinlar Olmaliq shahridagi AGMK klubi zalida o'tkaziladi.


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Osiyo chempionati keyingi yilning 23 martidan 3 apreliga qadar Quvayt davlatida bo'lib o'tadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston MTJ "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia