Futzal. O'zbekicton qur'ada 2-savatchada bo'ladi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2025
OFK rasmiy sayti futzal bo'yicha Osiyo chempionati qur'asi oldidan bazi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Ma'lumki, navbatdagi futzal Osiyo chempionati 2026 yilning 27 yanvar - 7 fevral kunlari Indoneziyada bo'lib o'tadi va bunda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

5 noyabr kuni ushbu musobaqaga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Ma'lumot sifatida OFK savatchalarni keltirib o'tgan. Osiyo chempionatida 16ta terma jamoa itirok etadi. 


1-savatcha: Indoneziya (mezbon, 23), Eron (5), Tailand (11), Yaponiya (13).

2-savatcha: O'zbekiston (19), Vetnam (26), Afg'oniston (33), Iroq (41).

3-savatcha: Quvayt (43), Tojikiston (46), Saudiya Arabistoni (48), Qirg'iz Respublikasi (49).

4-savatcha: Avstraliya (53), Livan (54), Janubiy Koreya (73), Malayziya (81).


Izoh: Jamoalar FIFA reytingining 29 avgust holatiga ko'ra savatchalarga ajratilgan bo'lib, qavs ichidagi raqamlar terma jamoalarning reytingda tutgan o'rnini bildiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia