

Janob Mendezdan keyin futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga Bahodir Ahmedov bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga sobiq futzalchi Nodir Eliboev yordamchilik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov terma jamoani bundan oldin ham boshqargan. Vakillarimiz 2014 yil Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatida aynan Ahmedov boshchiligida bronza medallarini qo'lga kiritishgan. Yangi bosh murabbiyga omad va zafarlar tilab qolamiz.



