Futzal. "Lokomotiv" uchrashuv yakuniga 1 soniya qolganida "Navbahor"dan g'alabani tortib oldi

Mirjalol Normatov
25 apr 2022, 18:22
Futzal bo'yicha mamlakat chempionati 10-turini yakunlab beruvchi bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Lokomotiv" hamda "Navbahor" futzalchilari zalga chiqishdi. Qayd etish kerak, bahs yakuniga 50 soniya qolganida "Navbahor" futzalchilari ikki gol farqi bilan hisobda oldinda borayotgandi. Ammo qisqa fursat ichida toshkentliklar hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuv yakunlanishiga bir soniya qolganida esa Akbar Usmonov "Lokomotiv" uchun g'alaba golini kiritdi.

"Lokomotiv" - "Navbahor" 6:5

Gollar: Amirjon Sadullaev (10), Akbar Usmonov (16, 40), Sarvar Shoahmedov (39, 40, 40) - Hakim Abdurashidov (1, 36, 40), Doniyor Sotvoldiev (23), Abdullo O'rinboev (36)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia