Futzal. JCHlar tarixida ilk bor bunday holat O'zbekistonda davom etayotgan musobaqada sodir bo'ldi

Khoja
4 okt 2024, 09:17
Kecha, Argentina Fransiyani mag'lub etdi va futzal bo'yicha JCHning finaliga yo'l oldi.

Shu tariqa, biz futzal bo'yicha Jahon chempionatlarining finalida ilk bor Janubiy Amerika derbisi guvohiga aylanamiz. Shu kungacha bunday voqea ro'y bermagan. JCH-1992 finalida Braziliya (J.Amerika) va AQSH (SH.Amerika) hamda 2004 yilgi mundial finalida Ispaniya va Italiya (ikkisi Yevropa) o'zaro bellashgan. Qolgan barcha finallarda muxlislar albatta Janubiy Amerika va Yevropa terma jamoalari qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, Braziliya - Argentina o'rtasidagi final 6 oktyabr kuni "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/qosimovt