"Futboldan charchadim, u faqat puldan iborat bo'lib qoldi" degan Teves bugun daqiqasiga qancha pul ishlab topmoqda?

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2016, 21:34
Bundan 6 yil oldin Karlos Teves o'z intervyularidan birida quyidagi gaplarni aytib o'tgandi:

"Boshqa futbol o'ynashn istamayman. Futboldan charchadim. Jiddiy aytmoqdaman. Futbol bu faqat pul va bu menga yoqmayapti. Yosh futbolchilar sovrinlar yutishga qiziqmayaptilar. Ularga faqat pul kerak".

Ta'kidlab o'tish lozimki, 2010 yilda ushbu so'zlarni aytgan argentinalik futbolchi Xitoyda yiliga endilikda 38 million evro ishlab topadi.

Bu degani:

Oyiga:
3 200 000 evro

Haftasiga: 738 000

Kuniga: 105 000

Soatiga: 4 375

Daqiqasiga: 73 evro


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia