

"RMC Sport" xabariga ko'ra, bir qancha futbolchilar shamollab qolgan.
Xabar qilinishicha, fransiyalik futbolchilar orasida shamollashning dastlabki alomatlari va bosh og'rig'i holatlari ko'paygan. Bir qancha futbolchilar shamollab qolganiga qaramay, terma jamoadagilar jiddiy hech narsa sodir bo'lmagani va sodir bo'lgan voqea ishchanlikka ta’sir o'tkazmasligini takidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo'lib o'tadi. Fransiya terma jamoasi ilk turni 17 iyun kuni Avstriyaga qarshi o'tkazadi.



