

“Vikinglar” esa Jahon chempionatidagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi. Saytimiz fotografi Jahongir Fayzullayev mazkur jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilikni tarixga ajoyib suratlar bilan muxrladi.

Braziliya terma jamoasi oxirgi marotaba 2002 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan edi. Shundan buyon “pentakampeonlar” mundial sovrini sog'inchi bilan yashamoqda. Bu sog'innch yana 4 yilga cho'ziladigan bo'ldi.

Norvegiya terma jamoasi mazkur butun jahon turnirida o'zining hamjihatligi, birdamligi va bir jamoa ekanligi bilan boshqa terma jamoalardan ajralib turibdi. Ularning madhiya aytayotganida ham o'zgacha mano bordek.

“MetLife” stadioning yuqoridan ko'rinishi. Shu kuni maydonda ikki jamoa muxlislari ham ko'pchilikni tashkil qildi.

“Vikinglar” o'z suyuklilarini ananaviy tarzda olqishlab turishdi. Xattoki, Norvegiyadagi muxlislar, bolalar, futbol ommasi ularning nishonlash uslubiga atab roliklar chiqarishdi.

2010 yil Braziliya terma jamoasida debyut qilgan Neymar shu tariqa milliy jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi. U Braziliya bilan Konfedarciyalar Kubogi, Amerika Kubogida zafar quchdi.

Norvegiya oxirgi marotaba Jahon chempionatida 1998 yil ishtirok etgan va 1/8 finalga qadar yetib borgan edi. Ularning farzandlari esa oradan 28 yil o'tib otalarining natijalarini takrorladi.

Eryan Nyulann oxirgi yillarda “Leyptsig”, “Sevilya” jamoalari sharafini himoya qildi. U mundialda ham jamoasining g'alabalariga hissa qo'shmoqda.

Ha, bu mundial italiyalik murabbiylar uchun omadsiz yakunlandi. Montella va Kannavaro boshqarayotgan jamoalar guruhda qolib ketdi. Karlo otaning Braziliyasi ham o'z maqsadiga erisha olgani yo'q.

Tarixda juda ko'p Braziliya terma jamoasini ko'rganmiz. Lekin bu terma jamoa avvalgilaridan butunlay farq qilar edi.

Norvegiya terma jamoasining oldindagi raqibi Angliya. Ular ingilizlar to'sig'idan o'ta oladimi?
Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”, “Ucell”, “TT LLC”, “Black Cofee”, “OfoTour”



