

"Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Xoland otasi bilan birga ayni damda Ispaniyaning Marbelya orollarida yig'in o'tkazayotgan "Al Nassr" klubi qarorgohiga tashrif buyurdi. Erling u yerda Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane va "Al Nassr" sport direktori Fernando Yerro bilan ko'rishdi.
"Al Nassr" klubi ijtimoiy tarmoqlarga qo'ygan videosida Fernando Yerro Xolanddan Gvardiolaga salom etkazishni so'ragani aks etgan.




