FOTOGALEREYA. Qosimjonov futzal o'ynadi va gol urdi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015, 10:44
Xabar berganimizdek, Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo'yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichi davom etmoqda.
Sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o'tayotgan nufuzli musobaqada hamyurtimiz 2004 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham ishtirok etmoqda. Kecha musobaqada dam olish kuni edi.

Tashkilotchilar bundan unumli foydalanib, grossmeysterlarni futzal o'ynashga taklif qilishdi. Tabiiyki, ushbu uchrashuvda Rustam Qosimjonov ham maydonga tushdi. Hamyurtimiz nafaqat to'p tepdi va balki darvozani ham ishg'ol qildi. Eng muhimi, u jamoadoshlarini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. 

Qosimjonov jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi

Qosimjonov Qosimovga tegishli 4-raqamda o'ynadi

Qosimjonov: Faqat qo'lda emas, oyoq bilan ham yaxshi harakat qila olaman

Endi esa dasturxonga marhamat, olinglar, uyalmanglar, puli to'langan

Qani do'stlar, Qosimjonovning g'alabasi uchun oldik

Qosimjonov: Ha, shunday qilinglar



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com