Forbes: Ronaldu ketma-ket ikkinchi yil sayyoramizning eng boy futbolchisi

Narzulla Saydullayev
8 may 2015, 07:39
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqiniga ko'ra ketma-ket ikkinchi yil eng ko'p pul topadigan futbolchi bo'ldi.
2014 yilda portugaliyalik futbolchi 79 million dollar ishlab oldi. Bu bir yil oldingi ko'rsatkichdan 6 millionoga ko'p deganidir.

52,2 millionni Ronaldu maosh va mukofot pullari tariqasida oldi. Qolgan pullarni u reklama shartnomalari orqali ishlab oldi.

Ikkinchi o'rinda Barselona hujumchisi Lionel Messi qayd etildi. O'tgan yil u 70,5 million (48,5 million - maosh va mukofot pullari, 22 million - reklama) ishlab topdi.

Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich yakunlab berdi. U 41,8 million (35,8 - maosh, 6 - reklama).

1. Krishtianu Ronaldu (Real) - 79 million dollar

2. Lionel Messi (Barselona) - 70,5 million

3. Zlatan Ibragimovich (PSJ) - 41,8 million

4. Garet Beyl (Real - 34,9 million)

5. Neymar (Barselona - 31,7 million)

6. Radamael Falkao (Manchester Yunayted - 31 million)

7. Ueyn Runi (Manchester Yunayted - 25,8 million)

8. Xames Rodriges (Real - 25,4 milion)

9. Serxio Aguero (Manchester Siti - 25,3 million)

10. Luis Suares (Barselona - 19,9 million)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru