"Fiorentina" Tiago Silvaga yiliga 4 million evro taklif qilmoqda

Alisher
20 avg 2020, 15:33
Himoyachi Tiago Silva faoliyatini "Fiorentina"da davom ettirishi mumkin.

Italiya klubi 35 yoshli braziliyalik futbolchiga bir mavsum uchun 4 million evro maosh taklif qilmoqda.

Silvaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi. Fransiya klubi jamoa sardori bilan shartnomani uzaytirmadi.

Silva joriy mavsum PSJ safida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport