
Hozirgi asosiy maqsadimiz - "Milan"ning o'z o'yin uslubini qaytarishdan iborat. "Parma" va "Yuventus" bilan bo'lgan o'yinda bir qator yaxshi vaziyatlar yarata olgandik. Muxlislarimizning etiroz va tanqidlarini to'g'ri tushunaman. Ertangi "Empoli"ga qarshi uchrashuvda mavsumning ikkinchi qismidagi g'alabali odimimizni boshlab olamiz degan umiddaman. Evrokuboklarga ishtirok etishimiz mumkinmi? Hozir turnir jadvaliga qaraydigan vaqt emas. Avvalo jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarib olishimiz talab etiladi. Shunda mavsum so'nggida turnir jadvalining qaysi pog'onasida bo'lishimizni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bizni qiyin va muhim bahs kutib turibdi. Shu bois bor kuch-g'ayratimizni ishga solishimiz zarur.