Filipp Lam: O'z vaqtida MYU va Barselona jamoalaridan tushgan takliflarni rad etganman

29 may 2015, 08:23
Bavariya himoyachisi Filipp Lam o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmaganligidan ranjimaganini aytib o'tdi.

"O'z vaqtida men "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar taklifiga rad javobini berganman. Biroq men "Bavariya"ga qolishni afzal bilganman.

Myunxen meni o'z shahrim. Barcha yaxshi narsalar aynan shu yerda amalga oshishini kutardim. Bu qarorim amalda to'g'ri bo'lganini ko'rib turibman. "Bavariya" bilan ko'plab sovrinlarni yutdim. Angliyada o'ynashni rad javobini bermasdim, biroq bu yerda men baxtliman va hech qaerga ketmoqchi emasman", - deydi Filipp Lam.


Manba: sports.ru