Filipp Lam: "Germaniya terma jamoasi meni xizmatlarimga muxtoj emas"

22 iyul 2014, 22:42
Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Filipp Lam endilikda "nemis mashinasi" uning xizmatlarisiz ham muvaffaqiyatga erisha olishini ta'kidlab o'tdi.

Meni Germaniya terma jamoasi tarkibidagi ishlarim yakuniga etdi. Endilikda jamoa meni xizmatlarimga muxtojlik sezmaydi. Ular men siz ham ko'zlangan maqsadlariga erisha olishadi deb o'ylayman. Yangi kelajak avlod uchun joyni bo'shatish vaqti keldi. Meni qarorimdan keyin ko'pchilik men haqimda ijobiy fikrda ekanligini eshitish yoqimli bo'ldi. O'ylaymanki, Germaniya terma jamoasini yorqin kelajak kutmoqda. Bundan buyog'iga "nemis mashinasi"ning birinchi raqamli muxlisi sifatida o'yinlaridan zavq olaman.


Manba: championat.com