
"Fabregas ikki yil avval "Chelsi"ga o'tmagani yomon bo'lgan. Hujumchilar uchun bunday jamoadoshga ega bo'lish - katta omad. "Chelsi"ga aynan mana shunday o'yinchi zarur edi.
Ko'pchilik Kostaning "Chelsi" bilan shartnoma imzolab bo'lganligi haqida gapirmoqda. Agar bu rost bo'lsa hursandman. Katta jamoalarda doimo raqobat bo'lishi zarur", - deydi Torres.