
"Men taklif qilgan klub modeli tarihga kiradi. Yana kimdir klubda 26 yil ishlay olmasa kerak. Ammo Vengerning "Arsenal"dagi ishi katta ahamiyatga ega. U Angliya Kubogini yutganida hamma xursand bo'lgandi. Albatta, men Stiv Bryus "Xall Siti" bilan g'alabani ilib ketadi deb umid qilgandim, chunki u mening sobiq futbolchilarimdan biri. Ammo Arsenni ham xafa bo'lishini istamagandim, chunki u to'qqiz yildan beri sovrinsiz kelayotgani uchun katta bosim ostida edi. Venger meni rekordimni yaxshilamaydi deb kim aytdi? Xa, bunga shuba qilaman, ammo bu ishni qilish uchun unda barcha narsa bor" - deydi Fergyuson.