Fergyuson: "Men Anchelottining kelajagidan havotir olmagan bo'lardim, u ajoyib murabbiy va yaxshi inson"

Aslanov Jasurbek
3 apr 2015, 10:15
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson "Real" ustozi Karlo Anchelotti nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Karlo - yaxshi inson. Men "Real"ning "Shalke-04"ga qarshi uchrashuvni kuzatdim va Anchelotti oldimga kelib, nega o'g'lim amaliyot uchun "Real"ga kelmayotganini so'radi. U o'g'lim "Piterboro"dan xaydalganini bilardi. Men Anchelottini sifatlarini so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Karlo - eng yaxshi murabbiy va kuchli raqiblarimdan biri. Shu sababli Anchelottining kelajagidan havotir olmagan bo'lardim" - deydi Fergyuson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com