Ferdinand: "Mourinyo bu hujumchiga ko'proq imkoniyat berishi kerak"

Mirjalol Normatov
4 noya 2018, 21:42
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand hujumchi Markus Reshfordning o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Reshford - ajoyib iqtidorga ega futbolchi. Mourinyo bu hujumchiga o'zini ko'rsatishi uchun ko'proq imkoniyat berishi kerak.

Markus shunday yoshdaki, u jamoaning asosiy tarkibida tushmasa, achchiqlanadi. U zaxiradan tushib shukur qiladiganlardan emas", - dedi Rio.

Reshford APLning 11-turida "Bornmut"ga qarshi uchrashuvning 90+2-daqiqasida gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal