Farg'ona viloyat kubogida yarim finalchilar aniqlandi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2017, 07:40
Avval xabar berib o'tganimizdek, kecha Farg'ona viloyat kubogining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan to'rtta o'yindan keyin musobakasining yarim finalchilari anikqlandi.

Final yo'llanmasi uchun kutilganidek, viloyatning to'rtta yetakchi jamoasi kurash olib boradi. Aytish joizki, chorak finalning ikkita bahsida g'olib nomi penaltilar seriyasi orqali ma'lum bo'ldi. Taniqli mutaxassis Bahrom Hakimov boshqarayotgan “Turon” jamoasiga futboldagi lotoreyada omod kulib boqmadi. “Fidokor” klubi ham penaltilar seriyasida muvafaqqiyatsizlikka uchradi.

Chorak finalda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Farovon – FOZK – 5:0
Fidokor - Cementchi  - 1:1 (pen. ser 5:6)
Turon - FarDU – 0:0 (pen. ser 3:5)
Neftchi 99 - Iftixor 1:3

Yarim final
Farovon-Cementchi
FarDU-Iftixor

Uchrashuvlar 30 oktyabr kuni soat 11-00 va 13-00da Farg'ona davlat universitetiga qarashli sport sog'lomlashtirish majmuasi uyingohida bo'lib o'tadi.

Abror DEHQONOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz