

Qiziqarli va hujumkor ruhda kechgan mazkur bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 3:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Milliy jamoa safida kiritilgan gollarga Azizbek Amonov, Farrux Sayfiev hamda Dostonbek Hamdamovlar mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, "oq bo'rilar" yig'in doirasidagi dastlabki nazorat bahsini "Surxon" jamoasiga qarshi o'tkazib, unda 4:0 hisobida zafar quchgan edi. Murabbiylar shtabining rejasiga muvofiq, terma jamoa a'zolari tayyorgarlikning keyingi bosqichida, yani 22 may kuni ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro nazorat o'yinida maydonga tushishi belgilangan.








