Fayzullayevning birinchi murabbiyi: Abbos hayajonlandi, lekin qo'rqmadi - JCH-2026 da bor kuchini berdi

29 iyun 2026, 14:20
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi Dmitriy An O'zbekiston jamoasi va o'z shogirdining 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga baho berdi.

"Men Abbos uchun xuddi o'z shogirdimdek juda xursandman. U O'zbekistonning jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi, u bilan juda faxrlanaman. Qaysidir vaziyatda hayajon bo'ldi, lekin bu tabiiy hol. Qo'rquv esa yo'q edi - u harakat qildi. Fayzullayev bazi vaziyatlarda yaxshiroq o'ynashi mumkin edi, lekin men uning bor kuchini berganini bilaman. Hujumda yaxshi o'ynadi, tezkorlik bilan himoyaga qaytdi. Futbolchilar mana shunday chiniqadi va shakllanadi. Abbos ayni damda qo'lidan kelgan eng maksimal harakatni qildi, ammo o'sishda davom etadi deb o'ylayman.

Jahon chempionatida skautlar futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Bazi vaziyatlarda Abbos o'z potencialini to'liq namoyish eta olmadi. Ammo agar uni payqab, top-chempionatga taklif qilishsa, barchamiz xursand bo'lamiz", - dedi An.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com