

Eslatib o'tamiz, Fabregas 2003 yilda, 16 yoshligida "Arsenal" safida debyut qilgan.
"Arsen Venger faoliyatimda muhim rol o'ynagan murabbiy. U menga ishongan. Venger menga o'zimni namoyon qilish uchun imkon bergan. Meni asosiy tarkibda maydonga tushirganida yoshim 16 da edi. Aynan u sababli men futboldagi va insoniy sifatlarimni kuchaytirib olganman. Arsen Vengerni ikkinchi otam deya hisoblayman", - deydi ispaniyalik futbolchi.



