Fabregas: "Uilsher Angliya futboli afsonasiga aylanishi mumkin edi"

Alisher
14 noya 2020, 17:07
"Arsenal" va "Chelsi" sobiq futbolchisi Sesk Fabregas yarim himoyachi Jek Uilsher haqida gapirdi.

28 yoshli xavbek ayni damda erkin agent maqomida.

"Uilsherning faoliyati bunday o'tgani achinarli. U Angliya futboli afsonasiga aylanishi mumkin edi. Men Jekda "Barselona" va "Real"da muvaffaqiyat qozonish uchun barcha narsa bor deb hisoblardim.

U ajoyib istedod egasi edi va ko'prog'iga erishishi mumkin edi", - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Uilsherning so'nggi klubi Londonning "Arsenal"i bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail