Fabregas APLda Bergkamp va Runini ortda qoldirdi

Nadirkhuja Yuldashev
24 apr 2016, 01:55
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas APLning 35-turida uchta golli pasga mualliflik qilib, chempionat tarixidagi asistentlar ichida uchinchi o'ringa chiqib oldi.

Shu kungacha 92ta golga hammualliflik qilgan ispan futbolchisi, Ueyn Runi va Dennis Bergkampni ortda qoldirdi. Ularning hisobida 94ta uzatma mavjud. 28 yoshli futbolchidan oldinda, Frenk Lempard (102) va Rayan Giggz (162) turibdi.

Eslatib o'tamiz, jahon va Yevropa chempioni bo'lgan Sesk avval "Arsenal" safida muvaffaqiyatli to'p tepkan edi.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.com