Yevropa ligasi. “Zenit”, “Dinamo”, “Lion”, “Lacio”, “Sporting”, “Atletiko” keyingi bosqichda, “Napoli” esa...

23 fev 2018, 01:16
Yevropa ligasining 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlari o'tkazildi.

Kievning “Dinamo”si o'z uyida “AEK” qarshiligini engga olmagan bo'lsada (0:0) birinchi uchrashuvda safarda golli durang (1:1) bilan qaytgan kievliklar g'alaba qozonmasdan keyingi bosqich masalasini hal etishdi.

Dastlabki uchrashuvda o'z maydonida “RB Leycpig” klubiga sensacion (1:3) tarzda yutqazib qo'ygan “Napoli” Germaniyada o'tgan javob bahsida nemislarni ikki to'p farqi bilan mag'lub eta oldi. Ammo safarda ko'proq gol urishning uddasidan chiqqan “Leycpig” musobaqaning nimchorak finaliga yo'l oladigan bo'ldi.

“Lacio”- “Stayaua” qarama qarshiligida birinchi bahsda rimliklar kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo'lishsada (0:1), javob o'yinida raqib darvozasini “o'qqa” tutishdi -5:1.

Yon qo'shnilarimiz “Astana” futbolchilari “Sporting” maydoniga safar uyushtirib, portugaliyaliklar darvozasiga uchta gol urishga erishishdi. Ammo ikki yo'in natijasiga ko'ra (6:4) “Sporting” musobaqada yurishni davom ettiradigan bo'ldi.

“Atletiko” esa Daniyada o'tgan birinchi bahsdayoq “Kopengagen” (4:1)ni yirik hisobda taslim etib, amalda keyingi bosqich yo'llanmasini hal qilib ulgurgan edi. Javob o'yinida ham madridliklar Gameyroning goli evaziga raqib ustidan kamtarona g'alabani nishonlashdi.

“Zenit” esa birinch bahsda “Seltik”ka (0:1) imkoniyatni boy bergan bo'lsada, Pityerda kechgan javob bahsida shotlandiyaliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi -3:0.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia