Evra - uch jamoa bilan Chempionlar ligasi finalida o'ynagan birinchi futbolchi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2015, 11:10
"Yuventus" himoyachisi Patris Evra "Bareslona" bilan Chempionlar ligasi final o'yinidan so'ng, ushbu turnir finalida 3 xil jamoa bilan o'ynagan birinchi futbolchiga aylandi.

Evra 2003/04 mavsumda "Monako" bilan, 2008/09 va 2010/11da "Manchester Yunayted" bilan finalda o'ynagan. U finallarda eng ko'p mag'lub bo'lgan futbolchilar orasida yetakchiga ham aylanib oldi.

Chempionlar ligasi finalida eng ko'p mag'lub bo'lgan futbolchilar:

5 - Patris Evra (Monako, Manchester Yunayted, Yuventus).

3 - Edvin van der Sar (Ayaks, Yuventus, Manchester Yunayted), Edgar Davids (Ayaks, Yuventus), Paolo Maldini (Milan), Paolo Montero (Yuventus), Alessandro Del Pero (Yuventus), Dide Desham (Yuventus, Valensiya).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com