“Everton” futbolchisi 56 yil deganda Angliya terma jamoasi safidagi debyut o'yinida gol urdi

9 okt 2020, 09:21
Bu ishni Dominik Kalvert-Lyuin amalga oshirdi.

Angliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida Uelsga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Inglizlarning gollaridan biriga “Everton” hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin mualliflik qildi. Shu tariqa Dominik 56 yil ichida Angliya terma jamoasi safidagi debyut o'yinida gol urgan “Everton”ning ilk futbolchisi bo'ldi. So'nggi bor bunday baxtga Frederik Pikering 1964 yil 27 mayida AQSHga qarshi bahsda (10:0) erishgandi.

Ma'lumot uchun, Kalvert-Lyuin joriy mavsum APL va Liga Kubogi doirasida 6 ta o'yinda 9 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta