Eshitdik-da! "Surxon" yangi mavsumdagi uy o'yinlarini Toshkentda o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2021, 16:35
Termizning "Surxon" klubi yakunlangan mavsumda Superligada jon saqlab qoldi.

Championat.asia sayti xabariga ko'ra, "Surxon" Termizdagi stadionda katta rekonstrukciya ishlari boshlanadi.

Shu sabab termizliklar 2022 yildagi uy o'yinlarini Toshkent shahridagi stadionlardan birida o'tkazish haqida o'ylashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Termizdagi stadion yoritkichlari talabga javob bermagani bois 2021 yilning yoz faslida "Surxon" uy o'yinlarini boshqa stadionlarda o'tkazishga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia