Eshitdik-da! "Surxon" rahbariyati iste'foga chiqdi, Aktamov ham ketishi mumkin

31 dek 2022, 03:09
Bu haqda championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ma'lumot bermoqda.

"Surxon" rahbariyati iste'foga chiqarilgan. Jamoani 2021 yilda yopilgan Toshkentning "Oq-tepa" klubi orqali sizga yaxshi tanish bo'lgan Shog'ulomovlar oilasi qabul qilib olishi kutilyapti.

Rahbariyatdagi o'zgarishlar natijasida Hamidjon Aktamov ham klubdan ketishi mumkin. Yodingizda bo'lsa, u avgust oyida "Surxon" taklifini qabul qilib, autsayderlar zonasida borayotgan jamoani Superligada olib qolgan edi.

44 yoshli mutaxassisning ketishi Termiz klubining kelasi mavsum rejalariga ta’sir qilishi aniq. Chunki "Surxon"ning strategik rivojlanishiga javob beradigan Aktamov 2023 yilda OCHL yo'llanmasi uchun kurashadigan jamoa qurmoqchi edi. Bu yo'lda dastlabki qadamlar tashlangan. Xususan, Gruziya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Imron Ulad Omar, Suriya terma jamoasining asosiy darvozaboni Ibrohim Alma hamda tajribali himoyachi Anzur Ismoilov bilan kelishuvga erishilgan. Shuningdek, Temurxo'ja Abduxoliqov, Shuhrat Muhammadiev va Siyavash Haqnazariy bilan muzokara o'tkazilayotgan edi.

Aktamovning ketishi bu transferlarning barchasini bekor qiladi", - "FR| futbol ANALIZIkanalida.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia