Eshitdik-da! "Neftchi" Superliganing eng yaxshi legionerlaridan biri bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2024, 15:27
Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi mavsumga katta maqsadlar bilan kirib kelmoqchi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, "Neftchi" "So'g'diyona" va Chernogoriya terma jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan xavbek Vladimir Yovovich bilan kelishib olgan.

30 yoshli futbolchi yangi jamoasida yiliga taxminan 350 000 dollar ishlab topishi kutilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Vladimir Yovovich joriy mavsum Superliga va O'zbekiston Kubogida 27 bellashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi "Neftchi"ga o'tadi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia